13 Noyabr 2021 yil 687

YTHda haydovchi vafot etdi

Joriy yil 10 noyabr' kuni soat 19:00 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 68 km.da, Porosmon MFY hududida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan ayol Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasini ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilgan.

Natijada, haydovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya asosini sinishi, chap chakka suyagini ochiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech