21 Dekabr 2020 yil 411

YTHda haydovchi va piyoda jaroxatlandi.

2020 yil 10 dekabr' kuni soat 12:00 larda, Andijon-Haqqulobod yo‘lining 15 km.da, Bobur MFY hududida, Norin tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro Andijon shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi orqali boshqarib, orqaga harakatlanayotganida, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, avtomashina orqasida turgan piyoda, Norin tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, bosh miya lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 19 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

2020 yil 12 dekabr' kuni soat 17:30 larda, “Uchqo‘rg‘on-Haqqulobod” yo‘lining 13,2 km.da Uchqo‘rg‘on tumani Sharxonchek MFY Mustaqillik ko‘chasida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga tegishli Jentra rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Norin tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi chap qo‘l suyagini sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 13 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech