YTHda haydovchi va piyoda jarohat oldi.
Shu yil 9 dekabr' kuni soat 10:30 larda Uychi tumani Jiydakapa-Qiziloy-Yorqo‘rg‘on yo‘lining 1 km.da Matiz rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 5-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, pastki jag‘ suyagining yopiq sinib siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2 dekabr' kuni soat 18:00 larda Yangiqo‘rg‘on tumani Yangiqo‘rg‘on-Nanay yo‘lining 43 km.da Tiko rusumli avtomashinani mast holda boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Neksiya-3 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Neksiya-3 rusumli avtomashina haydovchisi chap tomon ko‘krak qafasini yumshoq tuqimalarini lat yeyishi, o‘ng tizza sohasi yirtilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati