28 Noyabr 2020 yil 496

YTHda 9 yoshli piyoda tan jarohati oldi.

Shu yil 16 noyabr' kuni soat 12:30 larda, Namangan tumani Namangan-Toshbuloq-Shahand yo‘lining 15 km.da Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi bosh miya ochiq shikasti, peshona chakkasi ochiq maydalanib sinishi, bosh miya to‘qimalari shikasti, miya komasi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 25 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shu yil 14 noyabr' kuni soat 16:30 larda Toshkent-O‘sh yo‘lining 264 km.da Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqayotgan vaqtida, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Epika rusumli avtomashinasiga urilgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi o‘ng yelka suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 25 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shu yil 7 noyabr' kuni soat 11:00 larda Namangan shahar Lola MFY Boburshoh ko‘chasida VAZ-2106 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi bosh miya ochiq shikasti, bosh miya lat yeyishi,  qo‘shma shikast tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 27 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech