23 Sentyabr 2020 yil 559

YTHda 4 yoshli bola tan jarohati oldi.

2020 yil 27 avgust kuni soat 22:10 larda, Norinkapa-Yangi Farg‘ona yo‘lining 3 km.da 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro tegishli hujjatlarsiz, M-412 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Norin tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2016 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi bosh miya yopiq shikasti, chap son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 21 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech