YTHda 2 nafar o‘quvchi jabrlandi.
2020 yil 17 dekabr' kuni soat 08:00 larda, Namangan shahar Obi-hayot MFY N.Nomongoniy ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan va Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 6-sinf o‘quvchisi,
2008 yilda tug‘ilgan fuqarolarni urib yuborgan.
Natijada, piyodalar chap oyoq tizza bo‘g‘imini lat yeyishi, o‘ng oyoq tizza bo‘g‘imini lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 22 dekabr' kuni kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati