YTHda 1 kishi vafot etdi, jabrlanganlar shifoxonada.
2021 yil 15 avgust kuni soat 16:30 larda “A-373 Toshkent-O‘sh” yo‘lining 282,5 km.da, Qo‘shminor MFY hududida, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashagan, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining nomida bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinasini Toshkent-Vodiy yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, ag‘darilib ketib, shu yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya-3 rusumli avtomashinasini orqa tomoniga urilgan.
Natijada, Lasetti rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. Avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, haydovchining birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 1969 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, ko‘krak qafasini yopiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati