YTH yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi
2021 yil 2 dekabr' kuni soat 18:30 larda, Porloq MFY Qo‘qumboyshoh ko‘chasida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi ishlovchi MChJga tegishli Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Uychi tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Uychi tumanida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, o‘ng peshona suyagi botiq sinishi, o‘ng oyoq son suyagini sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati