YTH sabab piyoda jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Joriy yil 11 dekabr' kuni soat 07:30 larda Kosonsoy tumani Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on yo‘lining 10 km.da Kosonsoy tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya ochiq shikasti, bosh miya lat yeyishi, ikkala oyoq boldir suyaklarining ochiq sinishi tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
17 noyabr' kuni soat 04:30 larda Pop tumani Toshkent-O‘sh yo‘lining 255 km.da Chust tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga biriktirilgan Damas rusumli avtomashinani yo‘l varaqasi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, ag‘anab ketgan.
Natijada, Damas rusumli avtomashina salonida bo‘lgan haydovchini birga yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan onasini bosh miya yopiq shikasti, chap oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
30 noyabr' kuni soat 12:00larda Pop tumani Pungon-Pop yo‘lining 5 km.da Andijon viloyatida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobal't rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, tartibga solingan chorrahada svetoforni qizil chirog‘i ostida harakatlanib, chorrahani yashil chirog‘ida harakatlanayotgan 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natidaja, Damas avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi, Chust tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya yopiq shikasti, o‘ngdan 8,9,10,11-qovurg‘alarni yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2 dekabr' kuni soat 19:30 larda, Kosonsoy-Chust-Pop-Navbahor yo‘lining 72 km.da, Pop tumani Yuksalish MFY hududida, Pop tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinani tegishli xujjatlar bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan.
Natijada, Lasetti avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi bosh miya yopiq shikasti, o‘ng umrov suyagi hamda o‘ngdan 6-qovurg‘ani yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati