24 Aprel 2021 yil
420
YTH oqibatida yo‘lovchi va haydovchi vafot etdi.
Joriy yil 23 aprel' kuni soat 06:30 larda, Pop tumani Toshkent-O‘sh yo‘lining 249 km.da, Farg‘ona viloyatida yashagan, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro “Lasetti” rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalish bo‘yicha yo‘l chetida to‘xtab turgan, “VOLVA” rusumli yuk avtomashinani orqa tomoniga urilgan. Natijada, Lasettidagi yo‘lovchi voqea joyida va haydovchi shifoxonada vafot etganlar.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati