21 Sentyabr 2020 yil 616

YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Shu yil 19 sentyabr' kuni soat 02:30 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 11 km.da Neksiya rusumli avtomashinani Vodiy-Toshkent yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan.

Natijada, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Uychi tumanida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R. JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech