14 May 2021 yil 206

YTH oqibatida velosipedchi vafot etdi.

2021 yil 14 aprel' kuni soat 12:30 larda, To‘raqo‘rg‘on-Namangan-Chortoq-Keskanyor yo‘lining 41 km.da, Chortoq tumani Namangan MFY hududida, Namangan shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi, Chortoq tumanida yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 aprel' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi, O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismiga malakalangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech