23 Sentyabr 2020 yil
563
YTH oqibatida piyoda vafot etdi.
Shu yil 21 sentyabr' kuni soat 02:40 larda, Namangan shahar Xalqlar Do‘stligi MFY To‘qimachilar ko‘chasida, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati