23 Sentyabr 2020 yil
579
YTH oqibatida piyoda jarohat oldi.
Shu yil 12 sentyabr' kuni soat 15:00larda, Cho‘ja-Xaqqulobod yo‘lining 16 km.da, To‘da MFY hududida, Norin tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini taminlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya og‘ir yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, chap kurak suyagi bo‘ynidan sinishi jarohat tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 22 sentyabr' O‘z.R JKning 266-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati