21 Sentyabr 2020 yil
577
YTH oqibatida Motosikl haydovchisi tan jarohati oldi.
Shu yil 20 sentyabr' kuni soat 18:20 larda Namangan shahar Porloq MFY hududida davlat raqam belgisiz Remo rusumli motosiklini boshqarib borayotgan haydovchi harakat xafvsizligini ta'minlay olmay, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Volva rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga borib urilgan.
Natijada, motosikl haydovchisi qo‘shma shikast, bosh miya og‘ir ochiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati