YTH oqibatida haydovchining turmush o‘rtog‘i va qizi vafot etdi.
2020 yil 31 dekabr' kuni soat 23:00 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 258 km.da, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida, Toshkent-Vodiy yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Jentra rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Toshkent shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Jentra rusumli avtomashinasini orqa chap tomon qismiga urilib ketgan.
Natijada, Jentra rusumli avtomashinasi yo‘l chetiga chiqib qiyalikka ag‘darilib ketgan.
Avtomashinada bo‘lgan haydovchining 1986 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va 2017 yilda tug‘ilgan qizi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 yanvar' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati