18 Noyabr 2020 yil 508

YTH oqibatida haydovchining otasi vafot etdi.

Shu yil 15 noyabr' kuni soat 04:00 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 33 km.da Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng tomon qatnov qismida to‘xtab turgan Damas rusumli avtomashinani orqa tomoniga urilgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashinada bo‘lgan haydovchining otasi tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 15 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech