5 Fevral 2021 yil 406

YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchilar jarohat oldi.

Joriy yil 18 yanvar' kuni soat 14:30 larda Kosonsoy tuman hududida Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

21 yanvar' kuni soat 13:30 larda Kosonsoy tuman hududida VAZ-21011 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 10 yoshli piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

22 yanvar' kuni soat 20:30 larda Namangan shahar Mehnatobod MFY Chortoq ko‘chasida Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, ag‘darilib ketib, qarama-qarshi tomonga o‘tib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan SHangan rusumli yuk avtomashinasi hamda Neksiya rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, Neksiyada bo‘lgan yo‘lovchi umurtqa pog‘onasi yopiq shikasti tashhisi bilan va SHangan rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, o‘ng yuz yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech