YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi.
Joriy 12 dekabr' kuni soat 08:40 larda Baliqchi-Jomashuy-Pungon yo‘lining 64 km.da Ingichka MFY hududida 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ZIL-130 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaroni ishonch qog‘ozi orqali boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-1 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etgan.
Yana bir nafar yo‘lovchi va haydovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etganlar.
Qolgan ikki nafar yo‘lovchi ayollar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati