11 Noyabr 2020 yil
476
YTH oqibatida 2 velosipedchi xalok bo‘ldi.
Joriy yil 10 noyabr' kuni soat 20:00 larda, Norin-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 14 km.da Damas rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan 2 nafar velosipedchini urib yuborgan.
Natijada jabrlanuvchilardan biri voqea joyida ikkinchisi shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati