16 Oktyabr 2020 yil 505

YTH oqibatida 11-sinf o‘quvchisi jarohat oldi.

2020 yil 4 oktyabr' kuni soat 08:30 larda, Namangan shahar N.Ubaydullaev ko‘chasida, Toshkent viloyatida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi umurtqa suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech