YPX inspektori o‘z vazifasini bajargan.
Joriy yilning 6 yanvar' kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Bunaqa GAIlani kim ishga oladi o‘zi?” sarlavhasi bilan tarqalgan videotasvir yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, yo‘l-patrul' xizmati otryadi 2-safarbar guruhi yo‘l-patrul' xizmati inspektori I. Soliev 6 yanvar' kuni ertalabki yo‘riqnomadan so‘ng, dislokatsiya asosida Chortoq tumaniga transport bilan bog‘liq jinoyatlarni, yo‘l-transport xodisalarini hamda tumanda bolalar bilan bog‘liq xolatlarni oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlarni olib borish va reyd tadbirlari o‘tkazish maqsadida 4 nafar YPX inspektori bilan xizmatga jalb qilingan.
Inspektor Soliev shu kuni soat 09-20lar chamasida Chortoq shaxar A.Navoiy MFY Istiqlol ko‘chasida, Uychi tumanida fuqaro boshqaruvidagi Neksiya rusumli 50Q255GA davlat belgili avtomashina xujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatganda avtomashinaning orqa o‘ng tomon tormoz chirog‘i yonmasligi, nosozligini aniqlagan va O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 125-modda 3-qismiga asosan xizmat plansheti yordamida ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Videotasvirda YPX xodimi tomonidan qonuniy tartibda ish olib borilgani barchaga ravshan. Shunday ekan, hurmatli harakat ishtirokchilari yo‘lga otlanishdan avval avtomashinangiz texnik soz holda ekanligiga ishonch hosil qiling. Aksincha bo‘lsa harkat vaqtida turli baxtsiz hodisalar kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qolishingiz mumkin. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati