21 Aprel 2022 yil 462

Yotoqxonadan pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

2022 yil 19 aprel kuni Namangan tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:00 dan soat 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, yashash xonadoni eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, yotoqxonasidagi divan orasida bo‘lgan 4.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech