Yostiq ichidan “Marixuanna” topildi
2021 yil 24 dekabr' kuni o‘tkazilayotgan tadbiri davomida, Kosonsoy tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yotoqxonasidagi yotoq joyi yostig‘i ichidan qog‘oz parchalariga o‘ralgan, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 161,53 gramm bo‘lgan “Marixuanna” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 dekabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati