“Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbiri yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.
Giyohvandlik tanada va ruhiyatda jiddiy o‘zgarish yuz berishiga sabab bo‘ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Bu esa o‘z navbatida, nafaqat giyohvandga, balki butun jamiyatga ko‘plab zarar yetkazadi.
Bu illatga qarshi kurashish uchun mamlakatimizda tegishli idoralar tomonidan barcha zarur chora tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning 1 fevral' kuni Namangan viloyati IIB majlislar zalida soha rahbarlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Unda 1 fevraldan 1 mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” tezkor profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilidigan ishlar rejasi tuzilib, ijrosi mas'ullarga biriktirildi.
Shuningdek, yig‘ilishda yoshlar orasida ommalashayotgan psixotrop moddalar haqida ham so‘z yuritilib, bu illatlar domiga ilinib qolayotgan yigit-qizlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, ularni komil va yetuk farzand qilib tarbiyalashda hamkorlikda ish olib borish lozimligi ta'kidlanib, bu boradagi ishlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.
OIV va OITS, bu kasallikka chalingan insonlarda kelajakka bo‘lgan umid va orzular kamayib boradi. IIBning sohaviy xizmat xodimlari orasida aynan shu kasallik bilan kurashayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borish, ularni hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
O‘ylaymizki, o‘tkazilgan yig‘ilish amalda o‘zining ijobiy samarasini beradi va yoshlar orasida zararli illatlarga ruju qo‘yish holatlariga chek qo‘yilishiga erishiladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati