Yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi.
Joriy yilning 08 aprel kuni Namangan shahridagi “Yoshlar markazi” binosida viloyat IIB rahbariyati tomonidan o‘quvchilar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda yigit-qizlarning murojaatlari va muammoli masalalari tinglanib, murojaatlarni ijobiy hal etish uchun masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari tomonidan so‘nggi paytlarda sodir bo‘layotgan salbiy hodisalar va ularda yoshlarning ishtiroki haqida maʼlumotlar berilib, bu kabi holatlarni oldini olishda huquq-tartibot idoralari xodimlariga namunali o‘quvchilarning ko‘magi kerakligi yaʼni har bir o‘quvchi atrofidagi tengdoshlaridan boxabar bo‘lishi, uning harakatlariga loqayd munosabatda bo‘lmasligi muhim ahamiyatga egaligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv so‘nggida inspektor psixologlar, profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilariga yoshlar bilan manzilli ish tashkil etish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati