Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i yoshlar bilan uchrashdi.
Yurtimizda olib borilayotgan samarali islohotlar, avvalo, xalq manfaatlariga xizmat qilish, yoshlarni bandligini ta'minlash, turmush-tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar o‘zining amaliy natijalarini berib kelmoqda.
Xususan, Namangan shahar IIB boshlig‘i 3- sektor rahbari tashabbusi bilan, sektor xududida yashovchi uyushmagan yoshlar orasida jinoyat va huqubuzarliklarni barvaqt oldini olish, ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish, shuningdek, yoshlarni bandligi ta'minlash masalasiga bag‘ishlangan davra suxbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suxbatida, yoshlarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollariga mutassadilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati