10 Oktyabr 2020 yil 843

Yoshlar bandligi nazoratda.

Yurtimizda karantin cheklovlari yumshatilib, aholining kundalik turmush sharoitiga qaytish uchun imkoniyatlar yaratildi. Deyarli barcha umumta'lim maktablari ham albatta karantin qoidlariga rioya qilgan holda an'anaviy ta'lim tizimida ish olib bormoqda. Yoshlarning xar jabxada faollikni qo‘lga olishi, komil inson bo‘lib ulg‘ayishi, kelgusida o‘ziga munosib bo‘lgan kasb korini egallashi uchun tajribali kishilarning maslaxati va o‘giti muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan Namangan viloyati IIb boshlig‘ining o‘rinbosarlari va Kosonsoy tuman IIB boshlig‘i tomonidan Kosonsoydagi 3-sektor xududi Beshketmon MFYda joylashgan 32-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

150 nafardan iborat o‘quvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suxbatida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob' olish bilan bir qatorda, kelgusidagi reja va maqsadlari bilan ham o‘rtoqlshishdi. Shuningdek, jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga mustaqil fikrlarini bildirishdi.

Ichki ishlar tizimi vakillari tomonidan yig‘ilganlarga bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida topshiriqlari ijrosi yuzasidan, viloyatning barcha shahar-tumanlarida yoshlar bilan uchrashish orqali ularning muammolari va takliflarini o‘rganish va bartaraf etish, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha yoshlarga qulayliklar yaratilayotganligi haqida huquqiy tushunchalar berib o‘tildi.

Bundan taqari yoshlar orasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilik yengil hayotga qadam qo‘yish xolatlari ham uchrab turayotgani bu Kosonsoy tumani va uning yoshlari uchun og‘riqli nuqt bo‘lishi mumkinligi, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymslik uchun nafaqat o‘z oilasi balki do‘st dugona qo‘ni qo‘shnilarning xarakatlariga ham befarq qaramaslik kerakligi aloxida ta'kidlandi va yoshlarning muntazam bandligini taminlash eng muhim vazifa ekanligi mas'ullarga tushuntirildi.

Davra suxbatidan so‘ng sinfxonalarda yaratilgan sharoitlar, karanti tartib qoidalariga qay darajada yo‘lga qo‘yilgani bilan tanishish maqsadida o‘quv xonalari ko‘zdan kechirilib bolalarni sifatli ta'lim olishlari uchun yana qanday ish tashkil etish lozimligi borasida yo‘l yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi.

Yoshlarni ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikka o‘rgatish, buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida so‘nggi yillarda viloyatimizda ham katta ishlar amalga oshirilayotganligi, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Xotin qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash” davlat dasturlari doirasida milliardlab so‘m kredit mablag‘lari ajratilganligi, 2020 yilda viloyat Xokimiyati tomonidan xalq ta'limi sohasi bo‘yicha “Zamonaviy maktab” dasturi asosida yangi maktab qurilishi, ko‘plab maktablarni rekonstruksiya hamda mukammal ta'mirlash ishlarini tashkil etilganligi, davlatimiz rahbari har safargi o‘tkazgan selektor yig‘ilishlarida yoshlarning bandligini ta'minlash ularni kasbga o‘rgatish bo‘yicha ta'kidlab kelayotganligi, bularning barchasini yoshlarga bo‘layotgan e'tibor ekanligi takidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng tuman Elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassisi tomonidan xozirda aholi xonadonlariga yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatish ishlari boshlanganligi, shu sababli 40-50 nafar ishchilarni ishga qabul qilinishini, ishchilarni dastlab 2 oy o‘qitib o‘rgatilishi, ish haqini 2,5-3 million so‘mdan to‘lanishini, xoxlovchilarni murojaat etishlari bo‘yicha taklif etildi.

Ko‘tarilgan muammoli masala taklif va fikrlar ijrosi mutasaddi idoralarga biriktirilib ijrosi alohida nazoartga olindi. Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarliklari ham tekshirilib kamchiliklar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida Maktabning faol yoshlariga kitob va boshqa esdalik sovg‘alar taqdim etildi. IIB boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari tomonidan xududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech