15 Fevral 2021 yil 419

“Yosh liderlar” guruhi saralandi.

O‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlarida kadrlarni tayyorlash, ularni bilim saviyasi va malakasini oshirish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish hamda huquqiy-ma'naviy savodxonligini yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Biroq, O‘zbekiston Respublikasining virtual qabulxonalariga, Sayyor qabullarda kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda internet tarmoqlaridagi turli xildagi tasvirlarda xodimlarning huquqiy madaniyatining yetishmayotganligi, fuqarolarga o‘z fikrini to‘g‘ri tushuntira bilish qobiliyati to‘la shakllanmaganligi hanuzgacha uchrab turganligi, jamiyatda huquqiy ongning rivojlanib borayotganligi, ichki ishlar organlari kadrlar tizimini professional darajaga chiqarishda yangi vazifalar qo‘ymoqda.

2020 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan “Murojaatnomasi”da belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida.

Namangan viloyati IIOdan profilaktika, tergov, jinoyat qidiruv hamda terrorizmga qarshi kurash va boshqa sohalarda xizmat olib borayotgan yosh xodimlar orasida “Yosh liderlar” guruhi tashkil etilib, ushbu guruhga saralash tanlov bosqichi o‘tkazildi.

Saralash bosqichdan o‘tgan xodimlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish bo‘yicha Adliya boshqarmasi, Namangan Davlat Universiteti hamda viloyat Yoshlar ishlari Agentligi, Yoshlar ittifoqi bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘quv dasturi ishlab chiqilib, o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlarni adliya boshqarmasining malakali xodimlari, Namangan Davlat Universitetining professor o‘qituvchilari, Yoshlar markazining tajribali notiqlari tomonidan olib borilishi rejalashtirilgan.

Mazkur guruhni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yosh xodimlar orasidan zamon talablariga javob beradigan yuksak darajadagi, dunyoqarashi keng va xalqparvar rahbarlarni tayyorlash, xodimlarda nutq madaniyatini yuksaltirish, ularni professional xodim sifatida shakllantirishdir.

Dostonbek Abduqahhorov

Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi katta inspektori

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech