Yomonning bir qilig‘i
2021 yil 20 noyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan “Yashil” dehqon bozorida savdo qilib yurgan vaqtida noma'lum shaxs, egnidagi jemferi cho‘ntagida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik “LG-X4” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1990 yilda tugilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati