12 Avgust 2023 yil 215

Yo‘lovchining yonidan “Marixuana” giyohvandlik moddasi topildi

2023-yil 31-iyul kuni viloyat IIB JXX va JTSB PPXB xodimlari tomonidan Kosonsoy tumani O‘zbekiston MFY hududida “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganda, mazkur avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro yonida qora rangli polietilen paketga o‘ralgan o‘tkir hidli, quruq holatdagi nashasimon o‘simlik saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKMning xulosasida, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,46 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech