1 Avgust 2023 yil 211

Yo‘lovchining yonidan “Gashish” topildi

2023-yil 9-iyul kuni soat 21:20 larda viloyat IIB JTSB PPXB xodimlari tomonidan Namangan shahar Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasida yo‘l chetida to‘xtab turgan “Lasetti” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganida, avtomashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan, Namangan shahrida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kiyimining cho‘ntagidan bir bo‘lak, o‘tkir xidli, qoramtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKMning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,85 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech