16 Noyabr 2021 yil 416

Yo‘lovchining telefoni o‘g‘irlandi

2021 yil 15 noyabr' kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:00 larda, Namangan shahar I.Karimov ko‘chasida harakatlanib ketayotgan 13-raqamli yo‘lovchi tashish avtobusida ketayotgan vaqtida noma'lum shaxs, egnida bo‘lgan kurtkasining chap cho‘ntagidan narxi 1.500.000 so‘mlik  “Redmi note-7” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech