Yo‘lovchi to‘qnashuv sabab shifoxonaga joylashtirildi.
2021 yil 5 avgust kuni soat 12:30 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 34 km.da, Iskovut MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, aylanma harakatlanishdan kelayotgan, Chust shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Neksiya rusumli avtomashinasiga yo‘l bermay, yon tomoniga urilgan.
Natijada, Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Chust tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan ayol o‘ng yelka suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati