Yo‘lovchi haydovchining pullarini o‘mardi.
2021 yil 16 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 16:30 larda, Spark rusumli avtomashinasida Namangan shahar ko‘chasida harakatlanib ketayotib, avtomashinani to‘xtatib gugurt olish uchun tushgan vaqtida avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan noma'lum shaxs, avtomashina bardachogida bo‘lgan 20 AQSh dollari va 800.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili va viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryad haydovchi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surushtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 277-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati