Yo‘lovchi giyohvand modda bilan qo‘lga tushdi.
2022 yil 1 may kuni soat 14:00 larda, Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB HPB profilaktika inspektori B.Xudayberdievning bergan ma'lumotiga asosan, viloyat IIB JQB va shahar IIO FMB tezkor vakillari hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Neksiya rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Namangan tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro shubxali xatti-harakatlar sodir etganligi uchun xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Uning qo‘lida oq rangli sellofan paketga o‘ralgan to‘q jigarrang rangli, o‘tkir xidli giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning hulosasida, ushbu moddaning sof og‘irligi 807,18 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati