7 Fevral 2022 yil
596
Yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda YTXga uchradi
2022 yil 5 fevral kuni soat 15:20 larda, 4K-462A Chust-G‘ova yo‘lining 3 km.da, Bibiona MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chust tumanida yashagan, 1954 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 5 fevral kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati