20 Avgust 2021 yil 313

Yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda YTH sabab vafot etdi.

2021 yil 17 avgust kuni soat 23:30 larda, Istiqbol MFY Chortoq ko‘chasida, Uychi tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech