9 Dekabr 2021 yil
614
Yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda vafot etdi
2021 yil 3 dekabr' kuni soat 20:20 larda, Shoyon MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chust tumanida yashagan, 1967 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.
Natijada, piyoda o‘ta og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya lat yeyilishi, ko‘krak qafasi yopiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati