31 Avgust 2021 yil 366

Yo‘lni kesib o‘tayotgan ayol avtohalokat tufayli vafot etdi.

Yo‘lni kesib o‘tayotgan ayol avtohalokat tufayli vafot etdi.  2021 yil 28 avgust kuni soat 21:15 larda, Pop-Iskovut yo‘lining 3 km.da, Pop tumani Iskovut MFY hududida, Namangan shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech