2 Mart 2022 yil 728

Namangan viloyati IIB YHXB hamda PPXvaJTSB PPXB xodimlari tomonidan yo‘llarda harakat xavfsizligi targ‘ibotlari davom etmoqda

To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan Farg‘ona halqa yo‘lida xizmatga jalb etilgan multiradar va PPX xodimlari tomonidan haydovchilar orasida qoidabuzarliklar sonini kamaytirish, ularni tartibli harakatlanishga chaqirish va eng asosiysi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan YTHlarni oldini olish maqsadida reyd va targ‘ibot tadbirlari uzluksiz o‘tkazib kelinmoqda.

Targ‘ibotlar davomida xodimlar tomonidan haydovchilarga yuqori tezlikda harakatlanmaslik, yo‘lovchilar va o‘z hayotlariga befarq bo‘lmaslik, belgilangan qoidalarga amal qilish borasida tushuntirish ishlari olib borilib, namunali harakatni tashkil etish uchun nimalarga ko‘proq ahamiyat berish kerakligi to‘g‘risida qisqacha ma'lumot beruvchi bukletlar barcha haydovchilarga taqdim etildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech