16 Noyabr 2021 yil
507
Yo‘l transport hodisasida piyoda vafot etdi
2021 yil 15 noyabr kuni soat 15:20 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 42 km.da, To‘raqo‘rg‘on tumani Shoxidon MFY hududida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya-2 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati