26 Mart 2021 yil 207

Yo‘l transport hodisasida piyoda jarohat oldi.

Joriy yil 15 mart kuni soat 18:30 larda, Uchqo‘rg‘on tumani Uchqo‘rg‘on-Qayqi yo‘lining 1 km.da, Uchqo‘rg‘on tumani Ko‘prikboshi MFY hududida, Neksiya rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech