15 Fevral 2021 yil
387
Yo‘l transport hodisasi oqibatida piyoda vafot etdi.
Joriy yil 10 fevral' kuni soat 12:10 larda, Kosonsoy-Iskovot yo‘lining 14 km.da Damas rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga burilayotib, harakat yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonida turgan piyoda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati