23 Mart 2021 yil 378

Yo‘l transport hodisasi oqibatida piyoda og‘ir tan jaroxati olib shifoxonada vafot etdi.

Joriy yil 21 mart kuni soat 23:40 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 66 km.da, To‘raqo‘rg‘on tumani Chustko‘prik MFY hududida ISUZU rusumli yuk avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech