13 Noyabr 2020 yil
468
Yo‘l transport hodisasi o‘lim bilan yakun topdi.
Joriy yil 8 noyabr' kuni soat 17:00 larda, Uchqo‘rg‘on tumani Uchqo‘rg‘on-Bo‘ston yo‘lining 7 km.da Neksiya rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgan.
Natijada jabrlanuvchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati