28 Aprel 2022 yil 879

Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 aprelda "Taʼlim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 212-son qarori qabul qilindi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari tomonidan bog‘cha, maktab va oliy taʼlim dargohlarida keng miqyosda harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Namangan shahar Yangi Namangan tumanida joylashgan 13-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan targ‘ibot uchrashuvida ham inspektorlar tomonidan o‘quvchilarga yo‘l qoidalari to‘liq tushuntirilish barobarida, “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi va “Yashil chiroq” musobaqalarida faol ishtirok etishga chaqirildi. Shuningdek, o‘qituvchilar darslar davomida harakat qoidalarini bolalarga muntazam eslatib turishlari uchun ularga yangi qabul qilingan qarorning mazmun mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv so‘ngida faol o‘quvchilar bilan “Yashil chiroq” musobaqalarini tashkil qilish, maktabda yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib etuvchi maxsus sinfxonalarni yo‘lga qo‘yish hamda maktabning yosh targ‘ibotchilarini kashf etishga kelishib olindi. Bolalar orasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari barcha taʼlim muassasalarida davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech