Yerto‘ladagi yeryong‘oqlarni o‘g‘irlagan kimsaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2021 yil 21iyul' kuni, Toshkent shahrida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, Chust tumanida joylashgan xonadonida hech kim yashamaganligidan foydalangan noma'lum shaxs, yerto‘lasida bo‘lgan umumiy narxi 15.000.000 so‘mlik 2.500 kg yeryong‘oq mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Chust tumani IIB HPMB TP profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati