Yer to‘ladagi temir seyfdan pullar o‘marildi.
2021 yil 15 sentyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 sentyabr' kuni soat 07:30 dan soat 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, yashash uyi yer to‘lasida bo‘lgan temir seyf ichidan 1700 AQSh dollari, 2.000.000 so‘m pullari va narxi 1.800.000 so‘mlik tilla uzuklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tumanida tungi guruh yo‘nalishida xizmat olib borayotgan HPMB profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni jiyani, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati