7 Avgust 2021 yil 424

Yer sotuvchi firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

2021 yil 1 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil mart oyida, Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Yangi Namangan tumanida joylashgan 5 sotixli yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 3.000 AQSh dollariga sotib, hujjatlarini rasmiylashtirib bermay, pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2021 yil 28 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil dekabr' oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahrida joylashgan 8 sotix yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 1.800 AQSh dollariga sotib, hujjatlarini rasmiylashtirib bermay, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech